Bu haqda Reuters xabar berdi.
Koreya Xalq Demokratik Respublikasi razvedka ma’lumotlarida Prezident Kim Chen In o‘z vorisi sifatida qizi Kim Chju Eni tayinlashi mumkinligi ko‘rsatilgani aytilgan. Agar bu tasdiqlansa, u Respublika tarixidagi ilk ayol rahbar bo‘ladi.
Milliy razvedka xizmati vakillarining aytishicha, Kim Chju YE davlat tadbirlarida muntazam qatnashib, siyosiy masalalar bo‘yicha fikr bildirgani sababli voris sifatida ko‘rilmoqda.
Kim Chju E tez orada Mehnat partiyasi qurultoyida rasmiy unvonga ega bo‘lishi mumkin.