Bugun 6 oktyabr, 2024 yil, yakshanba

КИР

Kiyevdagi yirik o‘qqa tutilishda halok bo‘lganlar soni 9 kishiga yetdi

Kiyevdagi yirik o‘qqa tutilishda halok bo‘lganlar soni 9 kishiga yetdi

Shuningdek, qurbonlar soni 23 kishiga yetdi, deya xabar beradi Ukraina Bosh prokuraturasi.

Ukrainaning DTEK energetika kompaniyasining xabar berishicha, raketa hujumi chog‘ida shahardagi uchta transformator podstansiyasi shikastlangan yoki butunlay vayron bo‘lgan. Elektr tarmoqlari ham shikastlangan.

RBK-Ukrainaning yozishicha, Kiyevda bolalar dializ olgan Oxmatdit kasalxonasi binosiga raketa kelib tushdi. Reanimasiya bo‘limi, operasiya xonasi va onkologiya bo‘limlari shikastlangan.

Dneprda bir kishi halok bo‘ldi, olti kishi yaralandi, dedi viloyat ma’muriyati rahbari Sergey Lisak. Krivoy Rogda - 11 kishi halok bo‘ldi va 42 kishi yaralandi, Donetsk viloyatining Pokrovsk shahrida - uch kishi halok bo‘ldi.

Kiritildi: 16:00 08.07.2024. O'qildi: 1033 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!