Ukrainaning Kiyev viloyati urush boshlanganidan buyon 30 mingdan ortiq ob’ektdan ayrilgan. Bu haqda Kiyev viloyati davlat ma’muriyati (OGA) rahbari Nikolay Kalashnik ma’lum qildi.
Uning so‘zlariga ko‘ra, Rossiya armiyasi hujumlari oqibatida poytaxt viloyatidagi barcha energetika infratuzilmasi yo‘q qilingan. Hozirda hudud to‘liq muqobil energiya ta’minotiga o‘tgan.
“Imkon qadar generatorlar va GESlar kabi muqobil energiya manbalari ishga tushirilmoqda. Shuningdek, bu boradagi faol gumanitar yordam uchun Ozarbayjonga minnatdorchilik bildiramiz”, — dedi Kalashnik.
Ma’lumotlarga ko‘ra, vayron qilingan ob’ektlarning qariyb yarmi energetika sohasiga to‘g‘ri keladi. Hamkorlar ko‘magida taxminan 24 ming ob’ekt tiklangan. Shu bilan birga, hujumlar davom etayotgani ta’kidlandi.
Kalashnik, shuningdek, Ozarbayjon hukumati va xalqi urush boshlanganidan beri Ukrainaga o‘z vaqtida va keng ko‘lamli yordam ko‘rsatganini qayd etdi.