Keniyadagi suv toshqinlari qurbonlari soni 81 kishiga yetdi.
Bu haqda Milliy polisiya xizmati e’lon qildi.
Ilgari 71 kishi qurbon bo‘lgani haqida xabar berilgan edi.
"Ushbu yozuv yozilgan paytda jami qurbonlar soni afsuski 81 kishiga yetdi", deyiladi bayonotda. "Nayrobi eng ko‘p zarar ko‘rgan hudud bo‘lib qolmoqda, 37 kishi halok bo‘lgan."
Bundan tashqari, kuchli yomg‘ir tufayli yuzaga kelgan suv toshqini 2600 dan ortiq oilani uylarini tark etishga majbur qildi va infratuzilma va uy-joylarga jiddiy zarar yetkazdi.
Keniyada 6 martdan beri kuchli yomg‘ir tufayli suv toshqinlari davom etmoqda. Qo‘shni Efiopiya ham kuchli yomg‘irlardan jiddiy zarar ko‘rdi. Ushbu mamlakat janubida ko‘chkilar va suv toshqinlari natijasida kamida 107 kishi halok bo‘ldi.