Bugun 4 may, 2024 yil, shanba

КИР

Kema bortidan tushib ketgan dengizchi 14 soat Tinch okeanida qolib ketdi. U dengiz chiqindisi sabab omon qolgan

Kema bortidan tushib ketgan dengizchi 14 soat Tinch okeanida qolib ketdi. U dengiz chiqindisi sabab omon qolgan

Vidam Perevertilov ismli litvalik dengizchi kemadan tushib ketib, o‘zini qutqarib olishgunlariga qadar Tinch okeanida 14 soatdan ortiq baliqchilarning eski buyiga (suvda sayozlik, yo‘l va hokazolarni ko‘rsatadigan qalqovich belgi) osilib turdi, deb xabar beradi Esquire.

52 yoshli Perevertilov yuk kemasida ishlagan va tungi smenadan so‘ng, o‘zini yomon his qila boshlagan. Shunda u o‘ziga kelib olish uchun palubaga chiqishga qaror qilgan va bortdan yiqilib tushgan. Dengizchining o‘g‘lini so‘zlariga ko‘ra, otasi hushini yo‘qotgani sabab qanday qilib yiqilganini eslay olmaydi.

Ekipaj Perevertilovning yo‘qolganini oradan olti soat o‘tgach payqab qolgan, shu sababli kema harakatlanishni davom etgan — Yangi Zelandiyaning Tauranga va Britaniya tomonidan izolyasiyalangan Petkern hududi o‘rtasiga kelib qolgan. Dengizchi qutqaruv nimchasiz va deyarli holsiz bo‘lgan, biroq taslim bo‘lmasdan, suzishda davom etgan. Qaysidir onda u suv yuzasida qora dog‘ni ko‘rib qolgan va unga yaqinlashgan. Bu baliqchilarning eski buyi ekanligi ma’lum bo‘lgan. U hech qayerga qotirilmagan va okeanda chiqindi kabi suzib yurgan.

Perevertilovni qidirish ishlariga Fransiya Polineziyasining qutqaruvchilari va meteorologlari ham jalb etilgan. Vidam suvga tushib ketganidan 14 soat o‘tib topilgan. Quyosh uning terisini kuydirib yuborgan, biroq u omon qolgan.

Mavzuga doir: Tinch okeanidagi kimsasiz orolga tushib qolgan uch nafar dengizchi qumdagi SOS yozuvi orqali topildi

Eslatib o‘tamiz, 2016 yilda kemasi Gonoluludan 2600 mil uzoqlikda bo‘lgan kimsasiz Fanadik orolida halokatga uchragan uch nafar dengizchi po‘rtanadan uch kun o‘tib topilgan edi.

Kiritildi: 14:41 27.02.2021. O'qildi: 3075 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!