Bugun 27 aprel, 2024 yil, shanba

КИР

Kelasi hafta o‘zbekistonliklarni uzun dam olish kunlari kutmoqda

Kelasi hafta o‘zbekistonliklarni uzun dam olish kunlari kutmoqda

2024 yilda rasmiy sanalarni nishonlash davrida qo‘shimcha ishlanmaydigan kunlarni belgilash va dam olish kunlarini ko‘chirish to‘g‘risidagi prezident farmoniga muvofiq, ish haftasining turidan qat’i nazar, barcha xodimlar uchun 22 mart, juma kuni va olti kunlik ish haftasida ishlaydigan xodimlar uchun 23 mart, shanba — qo‘shimcha dam olish kunlari etib belgilangan.

O‘zbekistonliklar Navro‘z bayrami munosabati bilan quyidagi 4 kun dam oladi:

  • 21 mart — payshanba (Navro‘z bayrami);
  • 22 mart — juma (barcha xodimlar uchun qo‘shimcha dam olish kuni);
  • 23 mart — shanba (6 kunliklar uchun qo‘shimcha dam olish kuni);
  • 24 mart — yakshanba (odatiy dam olish kuni).

Ishlanmaydigan bayram kunlari arafasida har kunlik ishning (smenaning) davomiyligi barcha xodimlar uchun kamida 1 soatga qisqartiriladi.

Kiritildi: 07:26 16.03.2024. O'qildi: 9452 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!