Bugun 4 may, 2024 yil, shanba

КИР

Kechgi tabassum!.. (9-qism)

Kechgi tabassum!.. (9-qism)

AYOLLARGA QISQACHA TA’RIF:

Ayol — xuddi bolaga o‘xshaydi. Xafa qilding deguncha, yig‘lab onasi tomon talpinaveradi.

Ayol — teatr. Bugun komediya namoyish etsa, ertaga fojia ko‘rsatishi ham hech gap emas.

Ayol — muallimaday gap. O‘zingni barcha savollarga puxta tayyorgarlik ko‘rgan hisoblaysan-u, kutilmaganda xato topib mulzam qiladi.

* * *

— Dugonajon, ozib ketibsanmi? Nima bo‘ldi?

— E, hammasiga asab sababchi. Erim boshqasini topib olibdi. O‘sha jazmaniga bir dunyo pul sarflayapti. Uyga kelib janjal qilgani qilgan!

— Ajrash! Unaqa erni boshingga urasanmi?

— Yana besh kiloga ozib olay! Keyin ajrashaman!

* * *

Muallima 5- sinf o‘quvchisidan so‘radi:

— Qo‘lingda o‘nta olma bor, yarmisini sinfdoshingga berding. Qancha olma qoladi?

— To‘qqiz yarimta.

Kiritildi: 18:00 13.10.2020. O'qildi: 2436 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!