Bugun 3 may, 2024 yil, juma

КИР

Kechadan «Chegara» yopildi. Bunga sabab nima?

Kechadan «Chegara» yopildi. Bunga sabab nima?

2018 yil 17 oktyabrdan boshlab O‘zbekiston jismoniy shaxslar tomonidan tovarlarning 21 turini davlat chegarasining avtoyo‘l (yo‘lovchi), temir yo‘l va daryo o‘tkazish punktlari orqali bojsiz olib kirish davriyligini keskin oshirdi (VMning 16.10.2018 yildagi 828-son qarori). O‘zgartirishlar Olib o‘tishning miqdor normalariga kiritildi (VMning 22.06.2018 yildagi 463-son qaroriga ilova).

Eslatib o‘tamiz, biz hujjatning jamoatchilik muhokamasi bosqichida uning sharhini batafsil tushuntirishlar bilan tayyorlagan edik. Qabul qilingan versiyasi loyihadan mazmunan farq qilmaydi.

Qisqacha qayd etib o‘tamizki, ilgari fuqarolar bir oyda bir marta chegaradosh mamlakatlar bilan chegara orqali maishiy va kompyuter texnikasidan bittadan hamda oshxona idishlari to‘plamidan bittadan, boshqa tovarlarni (har bir nomdagi tovardan 2 kg, ammo umumiy og‘irlik 10 kg dan oshmasligi kerak) esa – bir sutkada bir marta bojxona to‘lovlarini to‘lamasdan olib kirishlari mumkin edi. Ko‘rsatilgan sanadan boshlab texnika va idishlar avtoyo‘l (yo‘lovchi), temir yo‘l va daryo o‘tkazish punktlari orqali xuddi shunday shartlarda erkin o‘tkaziladi, faqat 6 oyda bir marta, boshqa tovarlar esa – bir oyda bir marta.

Hujjat Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasida e’lon qilingan va 17.10.2018 yildan kuchga kirdi.

Asr.uz

Kiritildi: 13:44 19.10.2018. O'qildi: 4836 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!