Bugun 23 noyabr, 2026 yil, dushanba

КИР

Kecha Samarqanddagi test sinovlarida 1022 nafar abituriyent qatnashmadi

A A A
Kecha Samarqanddagi test sinovlarida 1022 nafar abituriyent qatnashmadi

Davlat test markazi viloyat bo‘limining xabariga ko‘ra, ertalabki sinovlarda 675 nafar, kechki imtihonlarda 347 nafar abituriyent test sinovlariga kelmadi (Test sinovlarining birinchi kunida 1078 nafar abituriyent jarayonda qatnashmagan edi).

Bundan tashqari, test sinovi jarayonida ba’zi abituriyentlar tomonidan qoidalarini buzish, taqiqlangan vositalarni ishlatish holatlari kuzatildi. Belgilangan tartib-qoidalarni buzgan 19 nafar abituriyent imtihondan chetlatildi.

Shuningdek, 2 nafar abituriyent tana harorati yuqori bo‘lgani sababli imtihonga kiritilmadi.

Samarqandda test sinovlarini o‘tkazish uchun 5400 kishilik joylar tayyorlangan.

Kiritildi: 09:56 07.08.2021. O'qildi: 2278 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Eng ko'p o'qilgan yangilik