Bugun 23 noyabr, 2026 yil, dushanba

КИР

Kattaqo‘rg‘ondagi restoranlarning birida yong‘in chikdi

A A A
Kattaqo‘rg‘ondagi restoranlarning birida yong‘in chikdi

Samarqand viloyati Kattaqo‘rg‘on tumanida joylashgan restoranlarning birida sodir bo‘lgan yong‘in qisqa vaqt ichida bartaraf etildi, deb xabar beradi FVV matbuot xizmati.

Ma’lumotlarga ko‘ra, 7 mart kuni soat 11:00 larda tumandagi «Omonboy» mahallasida joylashgan restoranda yong‘in chiqqan.

Ta’kidlanishicha, FVV viloyat boshqarmasining yong‘in-qutqaruv guruhi voqea joyiga yetib kelgan.

«Birlamchi ma’lumotlarga ko‘ra, hodisa oqibatida binoning taxminan 200 metr kvadrat maydoni yong‘indan zararlangan. Qutqaruvchilarning tezkor harakatlari natijasida yong‘in qisqa vaqt ichida to‘liq bartaraf etildi», — deyiladi xabarda.

Sodir bo‘lgan ko‘ngilsiz hodisa oqibatida jabrlangan va qurbonlar yo‘q

Kiritildi: 12:09 08.03.2021. O'qildi: 2161 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Eng ko'p o'qilgan yangilik