2022 yil 25 iyun kuni Katta Farg‘ona kanalining Qo‘shtepa tumani, Do‘rmon m.f.y., Xo‘jaqishlog‘i hududidan oqib o‘tgan qismidan osiyo millatiga mansub, yoshi taxminan 30-40 larda bo‘lgan, bo‘yi 165-170 sm erkak jinsiga mansub, shaxsi noma’lum murda topilgan. Bu haqda Farg‘ona viloyati IIB xabar qildi.
Ma’lum qilinishicha, egnida, yengi kulrang rangli, ichi mexli, chap ko‘krak qismida “FUEC GARAGE” yozuvli sport kurtkasi, ichida kulrang rangli futbolka, qora rangli «MASTER-CLASS» hamda “RUSSIA” yozuvli trikolari, oyog‘ida qora rangli krasovka bo‘lgan.
Mazkur shaxs haqida biror bir malumotga ega bo‘lganlarni yaqin oradagi IIO lariga yoki 102 qisqa raqamiga qo‘ng‘iroq qilib xabar berishlari so‘raladi.