Bugun 21 may, 2024 yil, seshanba

КИР

Karkidon suv ombori to‘lig‘icha O‘zbekistonga berildi

Karkidon suv ombori to‘lig‘icha O‘zbekistonga berildi

Qirg‘iziston hukumatining O‘sh viloyati ma’muriyatidagi vakolatxonasi O‘zbekiston bilan yer maydonlari almashilganini tasdiqladi, deb xabar bermoqda Kloop.

O‘zbekistonga O‘sh viloyati Aravon tumanining Tuyamo‘yin okrugidagi, Karkidon suv ombori yonidagi yer maydoni berilgan. Uning evaziga Qirg‘izistonga Gulbahor qishlog‘i yonidagi yer berilgan.

Qayd etilishicha, chegaralar demarkasiyasi shu haftada o‘tkaziladi. Har ikki hudud ham bir xil maydon — 407 gektarga ega.

O‘sh viloyati ma’muriyatiga ko‘ra, hududlarni almashish haqida Qirg‘iziston ancha oldin tashabbus bildirgan.

“Bu almashinuvga Qirg‘iziston tomonidan anchadan beri tashabbus bildirib kelingandi. So‘nggi muzokaralar vaqtida chegaraning demilitasiyasi bo‘yicha kelishuvga erishildi” deydi Nurqiz Qodirbek qizi, O‘sh viloyati ma’muriyati matbuot kotibi

Endi suv omborining butun hududi sohilbo‘yi bilan birga O‘zbekistonga tegishli bo‘ladi. Qirg‘izistonning Karkidon qishlog‘i aholisi suv omboridan chiquvchi daryodan foydalana oladi.

Eslatib o‘tamiz, 10 sentyabr kuni Karkidon suv ombori yonida mahaliy aholi va o‘zbek harbiylari o‘rtasida mojaro kelib chiqqan edi. O‘zbek harbiylarining suv ombori yonida to‘siqlar o‘rnatishi mahalliy aholi noroziligiga sabab bo‘lgandi.

Kiritildi: 07:27 14.09.2019. O'qildi: 12114 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!