Bugun 23 noyabr, 2026 yil, dushanba

КИР

Karantin! Tramp mitinglarni onlayn o‘tkazadigan bo‘ldi

A A A
Karantin! Tramp mitinglarni onlayn o‘tkazadigan bo‘ldi

AQSh prezidenti Donald Tramp koronavirus pandemiyasi tufayli, an’anaviy ravishda emas, telefon orqali mitinglar o‘tkazishini e’lon qildi.

Tramp allaqachon juma kuni "birinchi televizion namoyish" deb nomlangan yangi formatdagi tadbirni o‘tkazdi. 23 daqiqa davomida Tramp turli mavzularni muhokama qildi, shu jumladan bo‘lajak saylovlardagi ehtimoliy Demokratik raqibi Jo Baydenning AQSh ma’muriyatining pandemiyaga munosabati haqidagi tanqidlariga javob berish.

Televideniye mitingi paytida Tramp o‘z tarafdorlariga AQSh koronavirus bilan juda yaxshi ish olib borayotganligini aytdi, ammo Covid-19 uchun emlash va davolash ishlab chiqilmaguncha, "ommaviy mitinglar o‘tkazish juda qiyin bo‘ladi". U tadbirlarni yangi formatda "Tramp mitinglari" deb nomlashni taklif qildi.

CNNning qayd yetishicha, bu qaror Oklaxoma shtatining Tulsa shahrida bo‘lib o‘tgan Trvmp mitingidan keyin bo‘lgan. Shunda Oklaxoma Sog‘liqni saqlash boshqarmasi vakillari miting tufayli Cobid-19 yangi holatlari ko‘payganini aytishdi. Bundan tashqari, tadbirda prezidentlik tarafdorlari kutilganidan ancha kam qatnashdi.

Kiritildi: 17:03 19.07.2020. O'qildi: 1731 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Eng ko'p o'qilgan yangilik