13 aprel kuni 40 yoshli SH.S. Urgut tumani bo‘yicha IIO FMB boshlig‘i nomiga ariza bilan murojaat qilib, unda joriy yiling 12 aprel kunidan 13 aprel kuniga o‘tar kechasi soat 23:00 larda yashash uyining yonida qoldirgan o‘ziga tegishli bo‘lgan «VAZ-2102» rusumli transport vositasini noma’lum shaxs olib qochib ketganligini va ushbu holat yuzasidan qonuniy chora ko‘rishni so‘ragan.
IIV huzuridagi Tergov departamenti Axborot xizmatiga ko‘ra, olib borilgan tekzor-qidiruv harakatlari davomida fuqaro SH.S., ga tegishli bo‘lgan «VAZ-2102» rusumli transport vositasini 24 yoshli L.T. olib qochib ketganligi va boshqaruvni yo‘qotib avtomashinani ag‘darib yuborganligi aniqlangan.
Mazkur holat yuzasidan Urgut tumani bo‘yicha IIO FMB huzuridagi Tergov bo‘limi tomonidan fuqaro L.T., ga nisbatan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 267-moddasi 1-qismi (transport vositasini olib qochish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, L.T. gumon qilinuvchi tariqasida jalb qilinib, prosessual tartibda ushlangan. Hozirda dastlabki tergov harakatlari davom etmoqda.