Bugun 19 may, 2024 yil, yakshanba

КИР

Karantin! Samarqandda 63 yoshli qorovul kaltaklandi (VIDEO)

Karantin! Samarqandda 63 yoshli qorovul kaltaklandi (VIDEO)

29 martga o‘tar kechasi soat 03:09 da 32 yoshli mast fuqaro A.T., Samarqand shahridagi Sartep massividagi bozorga kelib, 63 yoshli qorovul Xusinali Murodovdan undan xot-dog pishirishni so‘ragan. Ammo keksa kishi mijozga oshxona karantin tufayli yopilganligini tushuntirib, rad etgan.

"Stv.uz" xabariga ko‘ra, fuqaro A.T. qorovulni avval uy ichida, keyin ko‘chada urgan. Kaltaklanish natijasida erkakning yelkasi singan.

Xusinali Murodovning aytishicha, uni do‘pposlagan odamning sherigi janjal boshlanganda qochib qolgan.

Ichki ishlar vazirligi Tergov boshqarmasining xabar berishicha, jinoyat ishida fuqaro A.T.ga O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 104-moddasi 2-qismining "v" bandiga binoan (qasddan badanga og‘ir shikast etkazish, og‘ir shafqasizlik bilan) ayblov qo‘yilib, qamoqqa olish tarzidagi ehtiyot chorasi tanlangan.

Dastlabki tergov davom etmoqda.

Kiritildi: 19:31 08.04.2020. O'qildi: 4200 marta. Fikrlar soni: 2 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!