Bugun 5 may, 2024 yil, yakshanba

КИР

Kanadada «Al-Aqsodagi bir kecha» filmining namoyishi bo‘lib o‘tdi​​​​​​​

Kanadada «Al-Aqsodagi bir kecha» filmining namoyishi bo‘lib o‘tdi​​​​​​​

Kanadada rejissyor Abror Husayn tomonidan Falastindagi voqealar haqida hikoya qiluvchi «Al-Aqsodagi bir kecha» filmining namoyishi bo‘lib o‘tdi.

Filmning namoyishi Kanadadagi yetakchi gumanitar tashkilotlardan biri bo‘lgan Islamic Relief Canada tashabbusi bilan xalqaro hamjamiyatni Isroil hukumati tomonidan bosib olingan Sharqiy Quddus va Iordan daryosining g‘arbiy sohilida, shuningdek, G‘azo sektorida sodir etilgan qonunbuzarlik va zo‘ravonlik to‘g‘risida xabardor qilish maqsadida tashkil etilgan.

2019 yilda suratga olingan film birinchi marotaba Ontario shtatining Xamilton shahrida tomoshabinlarga taqdim etildi.

Anadolu agentligiga bergan intervyusida, Islamic Relief Canada xayriya tashkilotining koordinatori Ibtixaj Xonning aytishicha, aksiya maqsadi Falastinga yordam yig‘ish emas, balki Kanada jamoatchiligini Yaqin Sharqdagi jarayonlar to‘g‘risida xabardorligini oshirishdir.

O‘z navbatida, Xamilton shahri masjidi imomi Mesud To‘ra Falastinni "Islom dunyosining qonli yarasi" deb atagan. Imom Kanadadagi sobiq maktab-internat hududidan topilgan o‘nlab bolalarning qoldiqlari bilan taqqoslagan.

«Bolalar bugun ham halok bo‘lmoqdalar. Ikki hafta oldin yuzlab falastinliklar, shu jumladan, 66 nafar bolalar butun sivilizasiyalashgan dunyo oldida qatl etildi. Jahon hamjamiyati Sharqiy Quddus, G‘azo va Falastinning boshqa hududlarida yuz berayotgan fojiali voqealardan saboq olishi kerak», - degan imom.

Kiritildi: 22:31 06.06.2021. O'qildi: 2549 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!