Bugun 13 yanvar, 2026 yil, seshanba

КИР

Kanada Xitoy bilan hamkorlikni kengaytirmoqchi

Kanada Xitoy bilan hamkorlikni kengaytirmoqchi

Kanada AQShga bog‘liqlikni kamaytirish uchun Xitoy bilan hamkorlikni kengaytirmoqchi — Associated Press.

Nashrning xabar berishicha, Kanada bosh vaziri Mark Karni shu hafta Xitoyga rasmiy tashrif bilan boradi. Bu so‘nggi o‘n yil ichida Kanada hukumati rahbarining Pekinga ilk safari hisoblanadi. Tashrif Xitoy bilan munosabatlarni tiklash va Kanadaning Qo‘shma Shtatlarga iqtisodiy qaramligini kamaytirishga qaratilgan.

Mark Karni juma kuni Xitoy raisi Si Jinpin va boshqa yuqori martabali rasmiylar bilan uchrashishi rejalashtirilgan. Kanada hukumatining ma’lum qilishicha, safar doirasida ikki davlat o‘rtasidagi savdo va investisiya masalalari muhokama qilinadi.

"Karni Tramp joriy etgan savdo bojlari fonida kelgusi o‘n yil ichida Kanada eksportini Qo‘shma Shtatlardan boshqa bozorlarga ikki barobar ko‘proq oshirishni maqsad qilgan. Shuningdek, u Kanada raqobatbardosh va mustaqil iqtisodiyotni shakllantirish uchun yangi xalqaro hamkorliklarni yo‘lga qo‘yayotganini ta’kidladi", deya yozmoqda Associated Press.

Karni shanbagacha Xitoyda bo‘ladi. Shundan so‘ng u Qatarga boradi va keyingi haftada Shveysariyaning Davos shahrida o‘tadigan Jahon iqtisodiy forumida ishtirok etadi.

Kiritildi: Bugun 17:59. O'qildi: 238 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!