Bugun 25 aprel, 2024 yil, payshanba

КИР

KAMAZ ichidagi “KAMAZ” operasiyasi fosh etildi

KAMAZ ichidagi “KAMAZ” operasiyasi fosh etildi

 

Bojxona organlari tomonidan bojxona qonunbuzilishi holatlariga qarshi tizimli ravishda kurash olib borilmoqda.

Jumladan, Sirdaryo viloyati bojxona boshqarmasi Kontrabanda va bojxona qonunchiligi buzilishiga qarshi kurashish bo‘limi xodimlari qo‘shni mamlakatdan “Sirdaryo” chegara bojxona posti orqali yurtimizga kirib kelgan fuqaro U.A.ning boshqaruvidagi “DAF” rusumli yuk avtotransport vositasi o‘rnatilgan tartibda bojxona ko‘rigidan o‘tkazildi. Bu haqda Davlat bojxona qo‘mitasi axborot xizmati xabar bermoqda

Buni qarangki, ushbu avtotransport vositasining yukxonasida yuk kuzatuv hujjatlarida ko‘rsatilmagan, umumiy qiymati 181,5 million so‘mlik 3 dona “Kamaz” yuk avtomashinasi qismlarga ajratilgan holda yashirilganligi aniqlandi.

Hozirda mazkur holat yuzasidan bojxona organlari tomonidan surishtiruv ishlari olib borilmoqda.

 

 

 

Kiritildi: 16:43 04.03.2020. O'qildi: 5820 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!