Bugun 2 may, 2024 yil, payshanba

КИР

Kalta Minor haqida afsona

Kalta Minor haqida afsona

Xivadagi eng mashhur minora – nihoyasiga yetmagan Kalta minor. U 1853 yilda Muhammad Aminxon tomonidan barpo etila boshlagan va 1855 yil Shimoliy Eronga yurish paytida xonning o‘ldirilishi va Abdullaxonning taxtga o‘tirishi bilan qurilish ishlari to‘xtab qolgan. Xalq ichida bu borada har xil afsonalar tarqalgan.

Emishki, Xiva xoni shaharda ulkan va baland minora qurilishini buyuradi “Uning tepasidan Buxoroi azim ko‘rinib tursin” deydi. Bundan xabar topgan Buxoro amiri usta bilan kelishib, xuddi shunga o‘xshagan minorani Buxoroda ham qurishni reja qiladi. Bundan xabar topgan Xiva xoni minora bitgandan keyin ustani minoradan tashlashni buyuradi. Xon bunday minora boshqa joyda takrorlanishini istamaydi.

Buni bilib qolgan ustalar bu haqda g‘ishtga yozib tepaga Katta ustaga yetkazishadi. U esa kerakli anjomlarni topishni aytib, o‘ziga qanot yasab uchib ketgan.

Minora bitsa dunyodagi eng baland minora bo‘lishi mumkin edi.

Kiritildi: 18:12 18.03.2023. O'qildi: 3661 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!