Bugun 5 oktyabr, 2024 yil, shanba

КИР

Kaliforniyada kuchli yong‘in tufayli 30 mingga yaqin odam evakuasiya qilindi

Kaliforniyada kuchli yong‘in tufayli 30 mingga yaqin odam evakuasiya qilindi

AQShning Kaliforniya shtati shimolidagi kuchli yong‘in tufayli mahalliy hokimiyat deyarli 30 ming kishini evakuasiya qildi. Bu haqda The Guardian nashri xabar berdi.

Unga ko‘ra, Kaliforniya markazi Sakramentodan uncha uzoq bo‘lmagan Orovil shahri yaqinidagi yong‘in tezda 1416 gektardan ortiq maydonni qamrab olgani sababli 28 mingga yaqin aholi evakuasiya qilindi.

Yong‘inni o‘chirish uchun shtat bo‘ylab 1400 dan ortiq o‘t o‘chiruvchilar yuborildi, biroq chorshanba kuni tushdan keyin yong‘in bartaraf etishning imkoni bo‘lmadi.

Mahalliy rasmiylar yong‘inda sakkiz kishi jabrlanganini tasdiqladi, ularning kamida yarmi qutqaruvchilardir.

Kaliforniya gubernatori Gevin Nyusom favqulodda holat e’lon qildi. Yong‘in sabablari aniqlanmoqda, deb xabar beradi korrespondent.net.

Kiritildi: 15:49 04.07.2024. O'qildi: 567 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!