AQShning Kaliforniya shtatida F-35 beshinchi avlod qiruvchi samolyoti halokatga uchradi.
Fox News bu haqda Miramar havo kuchlari bazasi vakiliga tayanib xabar berdi.
AQSh dengiz piyodalari korpusining F-35B samolyoti ishtirokidagi A sinfidagi avariya baza yaqinida sodir bo‘ldi va samolyot halokatdan keyin yonib ketdi. Uchuvchi samolyotni tashlab chiqishga muvaffaq bo‘ldi, ammo uning ahvoli yoki halokat sababi haqida ma’lumot hali e’lon qilinmadi.
F-35 ning o‘rtacha narxi 80 million dollardan oshishi mumkin.