Kaliforniyada kimyoviy modda rezervuari portlashi xavfi tufayli 40 ming kishi evakuasiya qilindi — The New York Times.
Xabar berilishicha, GKN Aerospace zavodida 26 ming litr zaharli kimyoviy modda bo‘lgan rezervuar haddan tashqari qizib ketgan. Mutaxassislarning ta’kidlashicha, sig‘im istalgan daqiqada portlashi mumkin.
Rasmiylar zavod atrofidagi hududlarni allaqachon yopib qo‘yishgan va eng yomon ssenariyga tayyorgarlik ko‘rishmoqda.