Bugun 3 may, 2024 yil, juma

КИР

Jurnalist ikki kun yo‘qolib qoldi

Jurnalist ikki kun yo‘qolib qoldi

Rossiya polisiyasining xabar qilishicha, ikki kun oldin Moskva shahrida g‘oyib bo‘lgan Interfaks axborot agentligining muharriri Margarita Ignatova tirik holda topilgan. Bundan oldin qotillik bandi bo‘yicha jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan. Bu haqida BBC Uzbek yozmoqda.

"Poytaxt polisiyasi xodimlarining sa’y-harakatlari bilan Rossiya ommaviy axborot vositalaridan birining bedarak ketgan xodimasining qayerda ekanligi aniqlandi. Qizning hayotiga hech qanday xavf yo‘q", - deya Ichki Ishlar vazirligining Moskva bo‘yicha boshqarmasi.

Boshqa tafsilot, xususan, ikki kun davomida jurnalist qiz qayerda bo‘lgani haqida ma’lumot berilmagan.

19 noyabr kuni ertalab Rossiya Tergov Qo‘mitasi Ignatovaning g‘oyib bo‘lgani hodisasi yuzasidan jinoyat ishi qo‘zg‘atgan edi.

"29 yashar Margarita Ignatovaning bedarak ketgani fakti bo‘yicha Rossiya Federasiyasi Jinoyat Kodeksining 105-bandi 1-qismi(Qotillik)da ko‘zda tutilgan jinoyat alomatlari bo‘yicha jinoyat ishi qo‘zg‘atildi", deb xabar qilgan Tergov Qo‘mitasining Moskva boshqarmasi vakilasi Yuliya Ivanova.

Tergov ma’lumotlariga ko‘ra, qiz o‘zi yashagan Moskva shahrining Zadadnoye Degunino rayonidagi Vesennyaya ko‘chasidagi uyidan 17 noyabr, yakshanba kuni ertalab chiqib ketgan va o‘shandan buyon aloqaga chiqmagan.

Margarita Ignatovaning yo‘qolib qolgani haqida Novosti axborot agentligiga uning hamkasbi Georgiy Spirov xabar qilgan.

"U chindan ham ishga kelgani, aloqaga chiqqani yo‘q. Bugun tungi soat uchlarda uning telefonidan onasi menga xabar yozdi, uning bir sutkadan buyon uyda emasligini, shuning uchun ham ishga chiqmasligini yozdi. Nima va negaligi noma’lum. Onasidan biror gap bo‘lsa, bizni xabardor qilib turishini so‘radik. Hozircha biror xabar yo‘q. Bilishga harakat qilayapmiz, hozircha naf yo‘q", - deb aytgan Spirov.

Qizining g‘oyib bo‘lgani haqida polisiyaga onasi ariza yozgan.

TASS axborot agentligining huquq-tartibot idoralaridagi manbasiga tayanib xabar qilishicha, Ignatova yakshanba kuni ertalab cherkovga ketganidan keyin g‘oyib bo‘lgan.

Manba: sof. uz

Kiritildi: 22:45 19.11.2019. O'qildi: 2165 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!