Tumanda belgilangan vazifalar to‘liq bajarilmagan, yolg‘on ma’lumotlar va hisobotlarni qo‘shib yozishlar aniqlangan.
Qoraqalpog‘iston Respublikasi Jo‘qorg‘i Kengesi raisi Amanbay Orinbayev Chimboy tumanini ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish, fuqarolarga munosib turmush sharoitini yaratish bo‘yicha amalga oshirilayotgan ishlar va bu yo‘nalishda yo‘l qo‘yilgan kamchiliklar yuzasidan majlis o‘tkazdi.
2023 yil tuman dasturi doirasida 9117 yangi ish o‘rni yaratish belgilangan bo‘lsada, bu vazifa to‘liq bajarilmagan, yolg‘on ma’lumotlar va hisobatga qo‘shib yozishlar aniqlangan.
Chimboy tuman soliq inspeksiyasi boshlig‘i tomonidan o‘ziga biriktirilgan vazifalarga ma’suliyatsizligi tufayli byudjet tushumlarida ko‘plab kamchiliklar yuzaga kelgan.
Shuningdek, tumanda bir qator moliyaviy kamchiliklar ham aniqlangan, ichimlik suv, gaz va elektr energiyasi uchun qarzdorliklarni undirish to‘g‘ri yo‘lga qo‘yilmagan.
Majlisda tuman iqtisodiyot va moliya bo‘limi boshlig‘i, tuman soliq bo‘limi boshlig‘i va tuman tibbiyot birlashmasi boshlig‘ini egallab turgan lavozimidan ozod qilish bo‘yicha topshiriq berildi.