Bugun 14 oktyabr, 2026 yil, chorshanba

КИР

JSST semizlikni davolash bo‘yicha ilk global tavsiyalarini e’lon qildi

JSST semizlikni davolash bo‘yicha ilk global tavsiyalarini e’lon qildi

🌐 Jahon sog‘liqni saqlash tashkiloti ma’lumotlariga ko‘ra, so‘nggi 35 yil ichida dunyoda 5–19 yoshli bolalar va o‘smirlar o‘rtasida semizlik darajasi 4 barobar oshib, 2 foizdan 8 foizga yetgan.

📊 Masalan, 2024 yilda sayyoramiz bo‘yicha 170 million nafar o‘g‘il-qiz shu muammodan aziyat chekkan. Ularning 70 million nafari 5–9 yoshli bolalar, 100 million nafari esa 10–19 yoshli o‘smirlardir.

✅ JSSTning ogohlantirishicha, semizlik og‘ir tibbiy va ijtimoiy oqibatlarga olib kelishi mumkin bo‘lgan surunkali kasallikdir. Xususan, u bolalarda yurak-qon tomir xastaliklari, 2-tur qandli diabet kabi yuqumli bo‘lmagan kasalliklar rivojlanishi xavfini oshiradi.

📌 Bundan tashqari, semizlikka chalingan bolalar tengdoshlari tomonidan kamsitilishi mumkin. Bu esa ularning ruhiy salomatligiga salbiy ta’sir ko‘rsatadi.

🖥 Shu munosabat bilan tashkilot bolalar va o‘smirlarda semizlikni davolash bo‘yicha ilk global tavsiyalarini e’lon qildi. Unga ko‘ra, muammoga qarshi kurashishda, avvalo, sog‘lom ovqatlanish, muntazam jismoniy faollik va turmush tarzini o‘zgartirishga alohida e’tibor qaratish zarur.

💊 JSST 10 yoshgacha bo‘lgan bolalarda vazn kamaytirish uchun dori vositalari va jarrohlik amaliyotlaridan foydalanishni tavsiya etmaydi. 10–19 yoshli o‘smirlarda esa mutaxassislar nazoratidagi kompleks dasturlar kutilgan natijani bermagan taqdirdagina, tasdiqlangan dori vositalarini qo‘llash masalasi ko‘rib chiqilishi mumkin.

‼️ Bundan ko’zlangan asosiy maqsad shunchaki vaznni kamaytirish emas, balki ularning jismoniy va ruhiy salomatligini yaxshilash, sog‘lom rivojlanishi hamda hayot sifatini ta’minlashdan iborat.

Kiritildi: 22:06 12.10.2026. O'qildi: 519 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!