Bugun 18 may, 2024 yil, shanba

КИР

Joze Mourinyo va «Chelsi» murabbiyi mojarosi qanday yakun topdi?

Joze Mourinyo va «Chelsi» murabbiyi mojarosi qanday yakun topdi?

Angliya Premyer-ligasining 9-turidagi «Chelsi» - «Manchester Yunayted» uchrashuvi asabiy tarzda yakunlandi.

Hakam tomonidan qo‘shib berilgan 6 daqiqaning so‘nggisida Ross Barkli «Manchester Yunayted» darvozasini ishg‘ol qilib, hisobni 2:2 ko‘rinishiga keltirdi va raqibni g‘alabadan mahrum qildi.

Shundan so‘ng, «Chelsi» bosh murabbiyi Maurisio Sarrining yordamchisi mehmonlar zaxira o‘rinidig‘i qarshisida golni juda ehtirosli ham xunuk tarzda nishonladi. Bu esa Joze Mourinyoga yoqmadi va u hamkasbi bilan orani ochiq qilishga tushib ketdi. O‘yin esa bir necha daqiqaga to‘xtatildi. Hatto uchrashuv translyasiyasi rejissyori ham so‘nggi gol takrorini efirga berishni unutib, murabbiylar mojarosining yirik plandagi tasvirini qidirib qoldi.

Faqatgina styuardlar va hakamlarning aralashuvidan so‘ng, mojaroga barham berildi.

Internetda vaziyatning ikki xil rakursdan olingan videosi tarqalmoqda. Ulardan birida golni nishonlayotgan Maurisio Sarrining ortidan yugurib chiqqan assistent Mourinyoning oldidan qo‘lini siltaganicha namoyishkorona o‘tib ketgani aks etgan, boshqasida esa «benazir» laqabli mutaxassisning voqeaga munosabatini va o‘zini masxaralagan raqibiga tashlanganini yirik planda ko‘rish mumkin.

Aftidan, «ko‘klar» murabbiyi o‘z joyiga qaytishda ana shunday badxulqlik namunasini ko‘rsatgan. Assistentning harakatlari videolarda aniq ko‘rinmagan bo‘lsa-da, uning nima demoqchi bo‘lganini suratlardan payqash qiyin emas.

Ushbu voqeadan so‘ng hatto «Chelsi» muxlislari ham Sarrining bu yordamchisi kimligiga qiziqib qolishdi. Ma’lum bo‘lishicha, portugaliyalikning ustidan kulgan shaxs - Marko Yanni bo‘lib, u bosh murabbiyning ikkinchi yordamchisi sanaladi. Maurisio uni «Napoli»dan o‘zi bilan olib kelgan. U 2000 yillarning o‘rtalarida Italiya S Seriyasida to‘p surgan, ammo aynan qaysi klub sharafini himoya qilgani aniq emas.

2013 yilda Yanni murabbiylik faoliyatini boshlab, oradan uch yil o‘tar-o‘tmas Sarri boshqaruvidagi «Napoli»da paydo bo‘lgan. Ma’lumotlarga ko‘ra, 36 yoshli murabbiy Angliyaga kelishidan oldin xorijda umuman yashab ko‘rmagan. «Chelsi»da u texnik murabbiy hisoblanadi.

O‘yindan so‘ng Joze Mourinyodan ushbu holatga izoh so‘ralishi tayin edi.

«Sizga aytishim mumkin bo‘lgan narsa shuki, 97 daqiqalik o‘yin juda yaxshi o‘tdi, shuning uchun o‘yinga diqqat qaratganingiz ma’qul. Bugun men «Chelsi» muxlislaridan hurmat ko‘rganim yo‘q, biroq bu mening yelkamdagi mas’uliyat emas. Bugun bu yerda nima qilgan bo‘lsam, ertaga Madridda ham, Milanda ham, Portuda ham shunday yo‘l tutaman», - deb aytgan murabbiy Sky Sports muxbiri bilan suhbatda.

Darhaqiqat, hakamning final hushtagi chalinganidan so‘ng «MYu» ustozi klub muxlislari o‘tirgan tribuna yoniga borib, ularni olqishladi. Mezbonlar fanatlariga esa barmog‘i bilan uch ishorasini ko‘rsatdi. Bu bilan Joze, katta ehtimol bilan, sobiq klubida erishgan uchta chempionlik sovrinini eslatib qo‘ydi.

 

Marko Yanni masalasida esa, murabbiy o‘zidan uzr so‘rashganini ma’lum qildi.

«Hech narsadan jahlim chiqayotgani yo‘q. Voqea Sarrining yordamchisi bilan sodir bo‘ldi. Sarri birinchi bo‘lib oldimga keldi va muammoni ichkaridan hal etishini aytdi.

Shundan keyin assistent oldimga kelib, mendan uzr so‘radi. Men unga: «Haqiqatan ham afsusda bo‘lib, kechirim so‘rayotgan bo‘lsang, u holda uzringni qabul qilaman va bo‘lgan voqeani unutaman. Chunki o‘zim ham faoliyatim davomida ko‘plab xatolarga yo‘l qo‘yganman», deb aytdim», - deya ma’lum qildi «qizil iblislar» ustozi o‘yindan keyingi matbuot anjumanida.

«U bilan yana gaplashib olgim kelyapti, ammo vaziyat bilan o‘sha vaqtning o‘zida darhol shug‘ullangan edim. Katta xatoga yo‘l qo‘yganini tushunganiga ishonch hosil qilish uchun u bilan yana suhbatlashim olishim kerak», - dedi Sarri.

Manba: kun. uz
Kiritildi: 16:28 21.10.2018. O'qildi: 2027 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!