«Real» bosh murabbiyi Joze Mourinyu Chempionlar ligasida «Inter» ustidan 2:1 hisobida qozonilgan g‘alabadan so‘ng uchrashuv haqida fikr bildirdi.
«Men bu o‘yinni aqlbovar qilmas darajada shiddatli deb atagan bo‘lardim. Odatda o‘yin zerikarli kechsa, ko‘p tanqidlar bo‘ladi. Ammo bugungi bahs butunlay boshqacha o‘tdi — u hatto 7:6 hisobida ham yakunlanishi mumkin edi.
Maydon markazida menda variantlar unchalik ko‘p emasdi. Muammolarni ko‘rganimdan so‘ng o‘zgartishlar kiritdim. Lekin futbolchilar juda yaxshi ish bajardi, deb o‘ylayman.
O‘yin zerikarli bo‘lmadi. Biz tanaffusgacha hisobni 3:0 qilib qo‘yishimiz ham mumkin edi. Gollarimiz raqib xatolaridan keyin urilganiga qo‘shilaman, ammo futbolchilarimning mehnatini ham alohida ta’kidlash kerak. Chunki mashg‘ulotlarda pressing ustida ko‘p ishlaymiz. Valverdening goli ham ana shu mehnatning natijasi.
Kurtua bizni bir necha bor qutqardi. Lekin o‘zimiz qarshi hujumlarda qancha imkoniyatdan foydalana olmadik? Bu juda ajoyib o‘yin bo‘ldi», — dedi Mourinyu Movistar efirida.
«Real» navbatdagi uchrashuvini 12 sentyabr kuni La Liga doirasida o‘z maydonida «Rayo Valyekano»ga qarshi o‘tkazadi.