Amerikaning Buffalo shahrida 23 iyun kuni kechqurun qurolli hujumdan so‘ng to‘rt kishi kasalxonaga yotqizildi, deb xabar beradi wivb.com.
Mahalliy polisiya ma’lumotlariga ko‘ra, noma’lum shaxs Jon Kennedi bog‘iga kirib, o‘t ochgan. Dastlabki ma’lumotlarga ko‘ra, ikki bola va ikki nafar yoshi kattalar jarohat olgan.
Jabrlanganlar kasalxonaga yotqizilgan, ularning ahvoli to‘g‘risida ma’lumot hozircha berilmagan. Hodisaning holatlari aniqlanmoqda.