Bugun 28 aprel, 2024 yil, yakshanba

КИР

Jo Bayden o‘qotar qurollaridan foydalanishning nazoratga olinishini ma’lum qildi

Jo Bayden o‘qotar qurollaridan foydalanishning nazoratga olinishini ma’lum qildi

AQSh prezidenti Jo Bayden o‘qotar qurollarning savdosini cheklashga qaratilgan choralar haqida ma’lum qildi. Bu haqda Meduza xabar berdi.

«Qurol yordamida zo‘ravonlik jinoyati bu mamlakatdagi epidemiya hisoblanadi va bu xalqaro sharmandalik», — deb ta’kidladi prezident.

Bayden ma’muriyati joriy etgan choralar avvalroq Oq uyning rasmiy saytida e’lon qilindi. Ular orasida to‘pponchadan o‘q otish aniqligini oshiradigan ehtiyot qismlari, shuningdek, tayyor qismlar to‘plamidan yig‘ilishi mumkin bo‘lgan pistoletlarning savdosini qat’iy nazorat ostiga olishni ko‘zda tutuvchi qoidalar ham bor.

Shuningdek, Bayden ma’muriyati sudlarga ruhiy tushkunlikka tushgan hamda o‘ziga va boshqalarga xavf tug‘dirishi mumkin bo‘lgan odamlar uchun vaqtincha qurol olib yurishni taqiqlovchi vakolat berishni rejalashtirmoqda.

Adliya vazirligi ushbu taqiqlarning joriy qilinishi bilan shug‘ullanadi. Buning uchun Kongressning ma’qullashi talab etilmaydi.

CNN’ning ma’lum qilishicha, bu cheklov Bayden ma’muriyatining o‘qotar qurollardan foydalanishga qarshi kurashdagi birinchi jiddiy qadami. Shuningdek, nashrning yozishicha, hozircha taklif qilinayotgan yangiliklar cheklangan xarakterga ega va ular ommaviy qotilliklarga qarshi Baydenning prezidentlikka nomzod sifatida amalga oshirishga va’da bergan keng ko‘lamli choralari emas.

Avvalroq Jo Bayden ma’muriyati AQShning sobiq prezidenti Donald Tramp tomonidan kiritilgan Xalqaro jinoiy sudga (XJS) nisbatan sanksiyalar va viza cheklovlarini bekor qildi va Eronga qarshi sanksiyalar muddatini bir yilga uzaytirishga qaror qildi.

Bundan tashqari, AQSh Xitoydagi Shinjon qurilish va ishlab chiqarish korpusi bilan bog‘liq kompaniyalardan paxta hamda tekstil mahsulotlarining importiga taqiq qo‘ydi

Kiritildi: 08:41 10.04.2021. O'qildi: 1629 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!