"AQSh va dunyodagi barcha musulmonlarni Ramazon oyi boshlanishi bilan tabriklayman, barchangizga eng yaxshi tilaklarimni tilayman", deb yozdi Bayden.
"AQSh va dunyodagi barcha musulmonlarni Ramazon oyi boshlanishi bilan tabriklayman, barchangizga eng yaxshi tilaklarimni tilayman", – deb yozdi Bayden. – Bu yil iftorlik dasturxonida o‘rindiqlar bo‘sh bo‘ladi, odamlarning joylari kam bo‘ladi, lekin qalbimiz ular bilan. Biz ularning muborak xotirasini unutmaymiz".
U tabrigida Qur’oni karimdan ham iqtibos keltirdi: «Bas, kim zarra og‘irligida yaxshilik qilsa ham ko‘radir». (Zalzala surasi, 7-oyat)
"AQSh Xitoydagi uyg‘urlarning, Myanmadagi arakanlik musulmonlarning huquqlarini qo‘llab-quvvatlaydi va himoya qiladi. Ramazon oyi boshlanishi bilan barcha musulmonlarni tabriklayman", deb yozdi AQSh prezidenti Jo Bayden.