Bugun 27 iyun, 2025 yil, juma

КИР

Jizzaxning Zomin tumaniga chigirtkalar yopirildi

Jizzaxning Zomin tumaniga chigirtkalar yopirildi

Ijtimoiy tarmoqlarda Jizzax viloyatining Zomin tumaniga chigirtkalar galasi yopirilgani haqida xabarlar tarqaldi. Holat yuzasidan O‘simliklar karantini va himoyasi agentligi ma’lumot berdi.

Qayd etilishicha, 2025 yilda chigirtka nisbatan ko‘p. O‘tgan yili 580 ming gektardan ortiq maydonda kimyoviy ishlov o‘tkazilishi belgilangan bo‘lsa, joriy yilda bu ko‘rsatgich — 608 ming gektar bo‘ladi deb taxmin qilinmoqda.

Ayni vaqtda ba’zi hududlarda chigirtka imago yoshiga yetgan. Ya’ni qanot chiqarib, uchadigan va tabiiy nobud bo‘ladigan davr. Bu davrda hasharotlar tunda yorug‘ joyda to‘planadilar. Va bu holat ijtimoiy tarmoq foydalanuvchilari orasida vahima ko‘tarilishiga sabab bo‘lmoqda.

Oyog‘iga chigirtkalar tarmashib olgan kishi esa — Chigirtka va tut parvonasiga qarshi kurash xizmatining mexanizatori Xaydar Musayev. 11 iyunda Jizzax viloyatining Zomin tumanida o‘tkazilgan ishlovdan oldingi holat. Ayni vaqtda chigirtkalar bartaraf etilgan, hudud toza, — deyiladi xabarda.

Tasvirdagidek holatlar bor. Biroq ko‘p emas va bu holatlar ko‘payib ketmasligi choralari ko‘rilmoqda. Bu chigirtkaga qarshi kurash tadbirlarining yakuniy bosqichi. Mutaxassislar haqiqatdan ham 24/7 rejimida ish olib bormoqda. Sababi hozir muhim davr, — deya qo‘shimcha qilinadi xabarda.

Kiritildi: 16:20 13.06.2025. O'qildi: 855 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!