Bugun 4 may, 2024 yil, shanba

КИР

Jizzaxlik erkak xotiniga 27 marta pichoq urdi. Ayol tirik

Jizzaxlik erkak xotiniga 27 marta pichoq urdi. Ayol tirik

Jinoyat ishlari bo‘yicha Paxtakor tuman sudini ochiq sud majlisi  Devidga nisbatan jinoyat ishini ko‘rib chiqdi. Ish hujjatlariga ko‘ra:

Devid sud tomonidan shaxsning sha’ni va qadr-qimmatini kamsitib haqorat qilganligi uchun O‘zbekiston Respublikasi MJtKning 41-moddasi bilan ma’muriy jazo qo‘llanilgan bo‘lsada, bundan o‘ziga tegishli xulosa chiqarmasdan, tumanidagi o‘zi yashab kelayotgan xonadonida turmush o‘rtog‘i Dilya bilan o‘zaro tortishib qolib, qasddan uning sha’ni va qadr-qimmatini tahqirlab haqorat qilgan va Devid o‘zining jinoiy harakatlarini davom ettirib, turmush o‘rtog‘i Dilya bilan bo‘lib o‘tgan kelishmovchilik natijasida turmush o‘rtog‘i Dilya uch nafar farzandlari bilan otasini uyida yashab yurgan. Dilya o‘ziga tegishli bo‘lgan kiyim-kechaklarni olib ketish uchun turmush o‘rtog‘ining uyiga kelganida, Devid spirtli ichimlikdan mast holda turmush o‘rtog‘i Dilya bilan janjallashib qolib, uyning dahlizini ichkaridan qulflab olib, Dilyani uldirish maqsadida dahlizda turgan ro‘zg‘orda foydalanib kelingan oshxona pichog‘ini olib, Dilyaning bo‘yin, jag‘, o‘mrov, ikkala qo‘lining kaft, barmoq sohalariga jami 27 marotaba sanchilib kesuvchi tan jarohatlari yetkazib, o‘ldirmoqchi bo‘layotganida Dilyaning faol qarshiligi va uning egnidagi kiyimlarning qalinligi hamda pichoqning tig‘ining qayrilib ketganligi, qo‘shnilar Dilyani baqirgani eshitib uyga derazasi oynasini belkurak bilan urib sindirib, deraza orqali xonaga kirib Devidni to‘xtatib qolganligi natijasida Devid jinoiy harakatlarini o‘ziga bog‘liq bo‘lmagan holatda oxiriga yetkaza olmay qasddan odam o‘ldirishga suiqasd qilgan.

Sud sudlanuvchi, jabrlanuvchi, guvohlar ko‘rsatuvi va jinoyat ishi to‘plangan chizma va fotosuratlar, sudga oid tibbiy ekspertizasining xulosalari, narsani olish to‘g‘risida hamda narsani ko‘zdan kechirish haqidagi bayonnomalar va yuzlashtirish bayonnomalari hamda ishda to‘plangan va sudda tekshirib chiqilgan boshqa ob’ektiv dalillar bilan to‘liq isbotlangan.

Devid O‘zbekiston Respublikasi JKning 25-moddasi orqali 97-modda 1-qismi va 140-modda 1-qismi bilan aybli deb topilib, unga 7 (etti) yil 1 (bir) oy muddatga ozodlikdan mahrum qilish jazosi tayinlandi. Jazoni umumiy tartibli koloniyalarda o‘tash belgilandi. Jabrlanuvchiga jinoyat oqibatida yetkazilgan moddiy va ma’naviy zararlarni sudlanuvchidan undirish masalasida fuqarolik tartibida sudga murojaat qilish huquqi mavjudligi tushuntirildi.

Zero jinoyat uchun jazo muqarrar, jazo jinoyatchini qo‘rqitish uchun emas, balkim tuzalish yo‘liga o‘tish uchundir.

Zokir Razzaqovich Xudayberdiyev,

Jinoyat ishlari bo‘yicha Paxtakor tuman sudi raisi

Kiritildi: 13:53 03.05.2021. O'qildi: 5015 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!