Bugun 3 may, 2024 yil, juma

КИР

Jizzaxdagi masjidda qing‘ir ishga qo‘l urgan erkak aniqlandi

Jizzaxdagi masjidda qing‘ir ishga qo‘l urgan erkak aniqlandi

Bir necha oylar muqaddam Jizzax shahar Ichki ishlar organlari faoliyatini muvofiqlashtirish boshqarmasiga Sangzor mahallasida yashovchi, 1993 yilda tug‘ilgan T.A. murojaat etib, hududdagi Nuriddin hoji masjidida “Samsung galaxy m-10” uyali aloqa vositasini o‘g‘irlatib qo‘yganligini bildirgan. Uning aytishicha, fuqaro uyali aloqa vositasini masjid ustuni yoniga qo‘yib, ibodat qilishga kirishgan. Ibodatdan so‘ng esa telefonini topa olmagan.

Ichki ishlar organlari xodimlari tomonidan olib borilgan surishtiruv harakatlari natijasida ushbu qing‘ir ishni Andijon shahrida yashovchi, 1998 yilda tug‘ilgan H.K. sodir etgani aniqlandi. Ashyoviy dalil sifatida uyali telefon apparati hujjatlashtirib olindi.

Holat yuzasidan tegishli tartibda jinoyat ishi qo‘zg‘atildi.

Kiritildi: 12:59 22.05.2020. O'qildi: 3486 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!