Jizzax viloyati G‘allaorol tumani «Ko‘kgumbaz» mahalla fuqarolar yig‘ini hududidan o‘tuvchi Toshkent – Termiz M-39 yo‘lining 1012-kilometrida “Kamaz”ning ortidan “Zil-130” yuk mashinasi urilgan. Oqibatda “Zil-130” haydovchisi, Qashqadaryo viloyati Koson tumani Yakkasaroy qishlog‘ida yashovchi J.E. bosh miya chayqalishi, bosh miya yopiq jarohati hamda chap oyoq sinishi tashxisi bilan G‘allaorol tumani tibbiyot birlashmasining jonlantirish bo‘limiga yotqizilgan.
Voqea yuzasidan tuman ichki ishlar bo‘limi surishtiruv olib bormoqda.