Bugun 14 mart, 2025 yil, juma

КИР

Jizzaxda yangi tug‘ilgan chaqaloq o‘g‘irlab ketildi

Jizzaxda yangi tug‘ilgan chaqaloq o‘g‘irlab ketildi

Respublika ixtisoslashtirilgan ona va bola salomatligi ilmiy-amaliy markazi Jizzax filialidan yangi tug‘ilgan chaqaloqni olib ketgan ayol IIB xodimlari tomonidan ushlandi.

Ma’lumotlarga ko‘ra, Jizzax viloyatining Zafarobod tumani Yorqin shaharchasida yashovchi ayol 28 yanvar kuni Respublika ixtisoslashtirilgan ona va bola salomatligi ilmiy-amaliy markazi Jizzax filialida o‘g‘il farzandni dunyoga keltirgan. 31 yanvar kuni taxminan kech soat 19:30 larda 25-30 yoshlardagi yuziga tibbiy niqob taqqan notanish ayol jabrlanuvchining xonasiga kirib, “bolangizni shifokor ko‘rigiga olib boraman“ deb, chaqaloqni olib chiqib ketib qaytib kelmagan.

Ushbu chaqaloqni olib ketgan shaxs prosessual tartibda qo‘lga olingan va unga nisbatan tegishli qonuniy chora ko‘rilishi ta’minlanadi.

Kiritildi: 12:26 04.02.2025. O'qildi: 1409 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!