Bugun 3 may, 2024 yil, juma

КИР

"Jizzaxda vallomat gai": aslida, nima bo‘lgandi?

"Jizzaxda vallomat gai": aslida, nima bo‘lgandi?

Joriy yilning 30 may kuni ijtimoiy tarmoqlarning “Baxodir_brat” kanali orqali tarqalgan “Yana bir vallomat gai” nomli videolavha yuzasidan ma’lumot berildi.

Joriy yilning 23 may kuni xizmat taqsimoti asosida Jizzax viloyati IIB Yo‘l harakati xavfsizligi boshqarmasi yo‘l- patrul xizmati otryadi ikkinchi safarbar guruhi yo‘l-patrul xizmati inspektorilari safdor A.Xujamatov va katta serjant T.Tursunovlar G‘allaorol tumani hududidagi “Sangzor-15” YPX maskaniga xizmatga jalb etilgan.

Shu kuni soat 17:58 larda YPX inspektori safdor A.Xujamatov, “Toshkent-Termiz” yo‘nalishida harakatlanib kelayotgan, VAZ-2106 rusumli, davlat raqam belgisi 30S387TA bo‘lgan, haydovchi R.D boshqaruvidagi transport vositasini to‘xtatib, haydovchining me’yoriy hujjatlarini ko‘zdan kechirish maqsadida taqdim etishini so‘ragan va transport vositasining old oynasining tusi o‘zgartirilganligini haydovchiga tushuntirgan.

Haydovchi YPX inspektoriga e’tiroz bildirib, hujjatlarini taqdim etmagan va o‘ziga tegishli bo‘lgan ushbu transport vositasining old oynalarini qo‘li bilan urib sindirib tashlagan.

Holat yuzasidan YPX inspektori safdor A.Xujamatov tomonidan haydovchiga nisbatan O‘zbekiston Respublikasi MJtKning 194-moddasiga asosan ma’muriy bayonnoma rasmiylashtirgan va transport vositasini evakuator yordamida jarima maydoniga joylashtirilgan.

Hozirda mazkur holat bo‘yicha xodimlarning xatti-harakatlari yuzasidan xizmat tekshiruvi tayinlanib surishtiruv harakatlari olib borilmoqda.

Kiritildi: 10:32 01.06.2021. O'qildi: 4908 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!