Bugun 27 aprel, 2024 yil, shanba

КИР

Jizzaxda ukasining 700 dollarini o‘g‘irlagan opaga nisbatan sud hukmi o‘qildi

Jizzaxda ukasining 700 dollarini o‘g‘irlagan opaga nisbatan sud hukmi o‘qildi

Jizzaxning Sharof Rashidov tumanida 700 dollar pul o‘g‘irlagan ayolga nisbatan sud hukmi o‘qildi. Bu haqda Jinoyat ishlari bo‘yicha Sharof Rashidov tuman sudi matbuot xizmati «Daryo»ga xabar berdi.

Shohsanam Botirova (ismi sharifi o‘zgartirildi) yoshligidan tarbiyasi og‘ir bo‘ldi. Oila-a’zolarining bergan tarbiyasiga qaramasdan bir necha marotaba o‘g‘irliklar sodir qildi. Uning bu odati turmushga chiqqanidan keyin ham yo‘qolmadi.

Natijada, uning onasi va ukasi ham u uyga kelganda xonasini qulflab yurishga majbur bo‘ldi.

Biroq, turmush o‘rtog‘i bilan oilaviy kelishmovchiliklar sababli onasining uyiga kelib qo‘ygan Shohsanam Botirova  2019 yil 5 mart kuni uyda yolg‘iz qolganida, hech kim yo‘qligidan foydalanib, eshigi qulf bo‘lgan, ukasi SH.Xolmatovning yotoqxonasiga deraza orqali oshxona pichog‘i yordamida deraza oynasidagi mixlarni qayirib, oynasini olib, derazaning ichkari tomonida turadigan temir ilgakni qo‘li bilan ochib, xonaga g‘ayriqonuniy ravishda kirib, ukasi SH.Xolmatovning yotoqxonasidagi javonning ichidan 7 000 AQSh dollarini o‘g‘irlab, voqea joyidan yashiringan. Pullarning bir qismini shaxsiy ehtiyojilari uchun ishlatib yuborgani.

Jinoyat ishlari bo‘yicha Sharof Rashidov tuman sudining 2019 yil 7 maydagi ochiq sud majlisida ushbu jinoyat ishi mazmunan ko‘rilib, Shohsanam Xolmatova O‘zbekiston Respublikasi JK 169-moddasi(o‘g‘rilik) 2-qismining «b,g» bandlari bilan aybli deb topildi.

Sud Shohsanam Xolmatovaning aybiga to‘liq iqrorligi, qilmishidan chin ko‘ngildan pushaymonligi, muqaddam sudlanmaganligi, yetkazilgan zararlar to‘liq qoplanganligi, jabrlanuvchining da’vosi yo‘qligi, qaramog‘ida 2 nafar voyaga yetmagan farzandlari borligi, ayolligi, sodir qilgan jinoyati uncha og‘ir bo‘lmagan jinoyat deb tavsiflanishini, shuningdek harakatida jazoni og‘irlashtiruvchi holatlar esa mavjud emasligini inobatga olib, unga nisbatan jarima jazosi tayinladi.

Kiritildi: 16:00 27.06.2019. O'qildi: 1269 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!