Bugun 25 aprel, 2024 yil, payshanba

КИР

Jizzaxda sinfdoshlarning choyxonadagi ziyofati fojiali yakun topdi

Jizzaxda sinfdoshlarning choyxonadagi ziyofati fojiali yakun topdi

Jizzax. 2020 yil 20 iyun kuni 28 yoshli S.E., sinfdoshining fotiha to‘yini o‘rtoqlari bilan birgalikda Jizzax shahridagi choyxonalarning birida nishonlab, u yerda spirtli ichimlik iste’mol qilishib, soat 23:00 da mast holatda choyxonadan chiqib uylariga tarqalishayotgan vaqtida, S.E., sinfdoshi 29 yoshli O.B., bilan o‘zaro tortishib qolib, uning  bosh qismiga qo‘li bilan urib, tan jarohati yetkazib, 2020 yil 21 iyun kuni soat 01:00 da uni yashash xonadoniga tashlab ketganligi oqibatida O.B., olgan tan jarohatlari bilan yashash xonadonida vafot etgan.

Sud-tibbiy ekspertiza xulosasida, “marhum O.B.,ning o‘limiga bosh miyaning shishib ketishi, bosh miya yumshoq pardasi ostiga qon quyilishi va yopiq miya jarohatlari sabab bo‘lgan”ligi aniqlangan.

Holat yuzasidan Jizzax shahri bo‘yicha IIO FMB huzuridagi Tergov bo‘limi tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 104-moddasi 3-qismi “d” bandi (jabrlanuvchining o‘limiga sabab bo‘lgan qasddan badanga og‘ir shikast yetkazish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan. S.E., gumon qilinuvchi tariqasida jalb qilinib, prosessual tartibda ushlangan.

O‘zbekiston Respublikasi IIV huzuridagi Tergov departamentiga ko‘ra, hozirda dastlabki tergov harakatlari olib borilmoqda.

 

Kiritildi: 18:16 24.06.2020. O'qildi: 14046 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!