Bugun 19 may, 2024 yil, yakshanba

КИР

Jizzaxda sel odamlarning oziq-ovqatigacha oqizib ketdi (video)

Jizzaxda sel odamlarning oziq-ovqatigacha oqizib ketdi (video)

Kuchli yomg‘ir yog‘ishi tufayli yuzaga kelgan sel toshqinlari Jizzah viloyatining G‘allaorol tumani aholisining turar-joylari va mol-mulklariga jiddiy zarar yetkazdi.

Zamon dasturi xabariga ko‘ra, tabiiy ofat oqibatida tuman bo‘yicha 157 xonadonning tomorqasi va 56 ta xonadon, bitta katta ko‘prik zarar ko‘rgan. Aholining tovuqlari, ekilgan ekinlari, baliqchilik fermer xo‘jaligining 20 tonnaga yaqin balig‘i nobud bo‘lgan.

Bolalar maktabga borolmayapti. Chunki o‘quv-qurollaridan tortib aholining yeguligigacha hammasini sel oqizib ketgan.

Videoni telegram kanalimiz orqali ko‘rishingiz hamda ko‘chirib olishingiz mumkin.

Kiritildi: 10:43 24.04.2019. O'qildi: 3264 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!