Bugun 28 aprel, 2024 yil, yakshanba

КИР

Jizzaxda mineral o‘g‘itlarning noqonuniy aylanmasi to‘xtatib qolindi

Jizzaxda mineral o‘g‘itlarning noqonuniy aylanmasi to‘xtatib qolindi

Jizzax viloyati bojxona boshkarmasi Kontrabanda va BKBga karshi kurashish bo‘limi xodimlari viloyat IIB YPX vakillari bilan hamkorlikda G‘allaorol tumani hududida tezkor tadbir o‘tkazishdi.

Tadbir davomida “Jizzax-Samarqand” yo‘nalishi bo‘yicha harakatlanib kelayotgan fuqaro E.E boshqaruvidagi yuk transport vositasi to‘xtatilib ko‘zdan kechirilganda, uning yukxonasida boshqa bir fuqaro A.SH.ga tegishli bo‘lgan, hech qanday hujjatlari mavjud bo‘lmagan, jami 1,5 tonnaga yaqin “Ammofos” nomli mineral o‘g‘itlar borligi aniqlandi.

Hozirda holat yuzasidan bojxona organlari tomonidan surishtiruv ishlari olib borilmoqda.

 

Kiritildi: 15:32 05.05.2020. O'qildi: 2461 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!