Bugun 19 aprel, 2024 yil, juma

КИР

Jizzaxda mast erkak inspektorning pogonini yulib olib, kaltakladi

Jizzaxda mast erkak inspektorning pogonini yulib olib, kaltakladi

Joriy yilning 7 iyul kuni soat 18:30 larda Jizzax viloyati IIB YXHB inspektori O.Q. Jizzax shahar, “Eski shahar dehqon bozori” hududida xizmat vazifasini bajarib, “Lacetti” rusumli avtomashina haydovchisiga ma’muriy bayonnoma rasmiylashtirayotgan vaqtda, shu yerdan o‘tib borayotgan fuqaro S.N. (1988 y.t.) mast holatda , IIB YXHB xodimlarini oldiga kelib, ularni turli so‘zlar bilan haqorat qilgan.

IIB YXHB xodimlari uni tinchlantirmoqchi bo‘lganida, ularga qarshilik ko‘rsatib, O.Q.ning pogonini yulib olib, uni urib, bo‘yin sohasi va chap yelka sohasiga tan jarohati yetkazgan.

Mazkur holat yuzasidan Jizzax shahar prokuraturasi tomonidan S.N.ga nisbatan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 219-moddasi 2-qismi (hokimiyat vakiliga yoki fuqaroviy burchini bajarayotgan shaxsga qarshilik ko‘rsatish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.

S.N. tegishli prosessual tartibda ushlangan.

Kiritildi: 17:18 10.07.2019. O'qildi: 2459 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!