Bugun 28 noyabr, 2026 yil, shanba

КИР

Jizzaxda keksa ayol quduqqa tushib ketdi

A A A
Jizzaxda  keksa ayol quduqqa tushib ketdi

2020 yilning 24 noyabr’ kuni ertalab soat 07:30 da Jizzax viloyati G‘allaorol tumani “Lalmikor” MFY hududida istiqomat qiluvchi 69 yoshli fuqaro uy qudug‘idan suv olib chiqmoqchi bo‘lib, ehtiyotsizliq oqibatida quduq ichiga tushib ketgan.

Voqea sodir bo‘lgan joyga zudlik bilan katta leytenant Bahodir Norboboyev boshchiligidagi Favqulodda vaziyatlar vazirligi viloyat boshqarmasi qutqaruv guruhi yetib borgan.

Quduqning chuqurligi 19 metrni tashkil etadi.

Qutqaruvchi Shodiyor Haydarov maxsus arqon yordamida quduqqa tushib, keksa ayolni xavfsiz holda olib chiqgan. U darhol kasalxonaga yuborildi.

Yaxshiyamki, jabrlanuvchi jiddiy jarohat olmagan. Shifokorlar uning holatini ijobiy, deb baholamoqda.

Kiritildi: 13:31 24.11.2020. O'qildi: 3142 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Eng ko'p o'qilgan yangilik