Bugun 29 aprel, 2024 yil, dushanba

КИР

 Jizzaxda ichki ishlar xodimga pora bermoqchi bo‘lgan fuqaro ushlandi

 Jizzaxda ichki ishlar xodimga pora bermoqchi bo‘lgan fuqaro ushlandi

Kuni kecha Paxtakor tumanida xizmat faoliyatini olib borayotgan ichki ishlar xodimiga pora bermoqchi bo‘lgan fuqaro ushlandi. Bu haqda Jizzax viloyati IIB Axborot xizmati "ANIQ.UZ"ga xabar berdi.

Ma’lum bo‘lishicha, tuman hududidan o‘tgan “Toshkent-Termiz” M-39 yo‘lidan Qashqadaryo viloyati, Kitob tumanida istiqomat qiluvchi fuqaro belgilangan tezlikdan oshirgan holatda avtoulovini boshqarib ketayotib tezlikni aniqluvchi moslamaga tushgan. Xizmat vazifasini olib borayotgan yo‘l harakati xavfsizligi xodimi haydovchiga to‘xtash ishorasini bildiradi. Biroq avtomashina boshqaruvchisi harakatni davom ettirgan.

Haydovchi Sharof Rashidov tumani, Qo‘shbarmoq qishloq fuqarolar yig‘ini hududida to‘xtatilgan. Holat yuzasidan ma’muriy bayonnoma rasmiylashtirilayotgan vaqtda avtomashina boshqaruvchisi avtomashinani jarima maydoniga qo‘ymaslik va ma’muriy bayonnoma rasmiylashtirmaslik evaziga 250 ming so‘m pulni ichki ishlar xodimiga taklif qiladi.

Mazkur ish bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi O‘z xavfsizligi boshqarmasi Jizzax viloyati bo‘yicha bo‘limi tuman prokuraturasi bilan hamkorlikda tezkor tadbir o‘tkazdi. Natijada haydovchi ichki ishlar xodimiga 180 ming so‘m pullarni pora sifatida berayotgan vaqtda ushlandi.

 Hozirda O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 211-moddasi 1-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, surishtiruv ishlar davom etmoqda.

 

 

Kiritildi: 12:36 29.01.2020. O'qildi: 1417 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!