Bugun 5 may, 2024 yil, yakshanba

КИР

Jizzaxda ham oshxonada gaz portlashi yuz berdi. Qurbon bor

Jizzaxda ham oshxonada gaz portlashi yuz berdi. Qurbon bor

Jizzax shahar, Bunyodkor mahallasi “A-Sanoat” hududida joylashgan “Irrigasiya invest” mas’uliyati cheklangan jamiyatiga tegishli bino oshxonasida gaz chaqnashi sodir bo‘ldi. Bu haqda Jizzax viloyati IIB axborot xizmati xabar berdi.

Unda ma’lum bo‘lishicha, ma’muriy binoda joylashgan oshxonaga xavfsizlik talablariga javob bermaydigan gaz plitasi o‘rnatilgan. Toshkent shahri Yunusobod tumanida ro‘yxatdan o‘tib, mas’uliyati cheklangan jamiyatida qorovul vazifasida ishlagan S.D. oshxonaga kirib elektr chirog‘ini yoqqan vaqtida, to‘plangan is gazining chaqnashi oqibatida tan jarohati olib, voqea joyida vafot etgan.  

Holat yuzasidan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan. 

Kiritildi: 15:28 07.01.2021. O'qildi: 2448 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!