Bugun 2 may, 2024 yil, payshanba

КИР

Jizzaxda gaz «zapravka» portladi: qurbon bor

Jizzaxda gaz «zapravka» portladi: qurbon bor

Jizzax viloyati Zarbdor tumani «Yangi hayot» mahallasida joylashgan «Gaz manbai» MCHJga qarashli avtomobillarga suyultirilgan gaz (propan) quyish shoxobchasida portlash yuz berdi.

IIV huzuridagi Tergov departamenti xabariga ko‘ra voqea 16 yanvar kuni taxminan soat 11:30 larda ta’mirlash-payvandlash ishlari olib borilayotganida kelib chiqqan chaqnash oqibatida yuz bergan.

Oqibatda mazkur MCHJ ishchilaridan fuqaro 40 yoshli SH.A. hodisa joyida vafot etgan, 44 yoshli E.I. esa turli tan jarohatlari bilan shifoxonaga yotqizilgan.

Hozirda hodisa joyida tergov-tezkor guruhi ishlamoqda, portlashning kelib chiqish sabablari o‘rganilmoqda.

Kiritildi: 14:30 16.01.2020. O'qildi: 4356 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!