Bugun 6 oktyabr, 2024 yil, yakshanba

КИР

Jizzaxda g‘alladan bo‘shagan yerni yoqib yuborgan fuqaroga chora ko‘rildi

Jizzaxda g‘alladan bo‘shagan yerni yoqib yuborgan fuqaroga chora ko‘rildi

Jizzax viloyatida g‘alladan bo‘shagan maydonlarning yoqib yuborilishini bartaraf etish maqsadida nazorat tadbirlari o‘tkazilmoqda. Bu haqda Ekologiya vazirligi matbuot xizmati xabar berdi.

Xususan, Arnasoy tumani Ekologiya inspeksiyasi tomonidan olib borilgan reyd tadbirlarida “Oltin vodiy” MFY Ibn Sino ko‘chasida yashovchi fuqaro M.A. tomonidan g‘alladan bo‘shagan 2,5 gektar yer maydoni yoqib yuborilganligi aniqlandi.

Huquqbuzarga nisbatan ma’muriy bayonnoma rasmiylashtirildi va BHMning uch baravari — 1 million 20 ming so‘m miqdorida jarimaga tortildi.

Shuningdek, fuqaro tomonidan tabiatga 3 million 434 ming 296 so‘m zarar yetkazganligi ma’lum bo‘ldi. Huquqbuzar jami 4 million 454 ming 296 so‘m to‘laydi.

Kiritildi: 21:08 08.07.2024. O'qildi: 999 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!