Bugun 29 aprel, 2024 yil, dushanba

КИР

Jizzaxda folbinlik qilgan ayol ozodlikdan mahrum etildi

Jizzaxda folbinlik qilgan ayol ozodlikdan mahrum etildi

Fuqarolarni soddaligidan foydalanib, ularga baxtini ochish, kelajagi haqida bashorat qilib fol ochish va shu kabi aldov ishlari bilan turli viloyatlarda shug‘ullangani uchun muqaddam besh marta sudlangan Gulnora Alimardonova (ism sharifi o‘zgartirilgan) yana firibgarlik jinoyatiga qo‘l urdi. Bu haqda Daryo ga Jinoyat ishlari bo‘yicha Mirzacho‘l tuman sudi sudyasi Maqsud Raimov xabar berdi.

Xabarda aytilishicha, Gulnora Alimardonova aldash yoki ishonchni suiiste’mol qilish yo‘li bilan o‘zganing mulkini qo‘lga kiritish maqsadida Sharof Rashidov tumanida yashovchi Hoshimova Muniraga (ism sharifi o‘zgartirilgan) o‘zini eskicha dan xabari borligini, baxti bog‘lanib, kimdir sizni qattiq o‘qitgan, men sizni yo‘lingizni va baxtingizni ochishga o‘qiyman, shundan keyin baxtingiz ochilib yaxshi joyga kelin bo‘lasiz, menga shunday ayon beryapti, meni o‘qishim uchun, avvalo, kattaroq miqdorda pul berasiz deb uning ishonchiga kirgan.

So‘ng Hoshimova Muniradan 350 dollar, 1160000 so‘m pul, narxi 1320000 so‘m bo‘lgan 6 grammlik tilla uzuk, narxi 1980000 so‘m bo‘lgan 9 grammlik tilla brasletni, bahosi 900 ming so‘m bo‘lgan bir dona chayka nomli tikuv mashinasini firibgarlik yo‘li bilan qo‘lga kiritib, o‘zining ehtiyojlari uchun sarf qilib yuborgan.

Jinoyat ishlari bo‘yicha Mirzacho‘l tuman sudi Gulnora Alimardonovani yuqoridagi harakatlari uchun JK 168-moddasi 3-qismi b bandi bilan aybdor deb topib, besh yil ikki oy muddatga ozodlikdan mahrum qilish jazosi tayinlangan.

Kiritildi: 13:44 14.03.2019. O'qildi: 2078 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!