Bugun 27 iyul, 2026 yil, dushanba

КИР

Jizzaxda attraksion sinishidan 4 kishi jarohatlandi

Jizzaxda attraksion sinishidan 4 kishi jarohatlandi


Jizzax shahridagi “O‘rda” bog‘ida attraksion odamlar uchayotgan vaqtda sinib ketgan. Sanoat xavfsizligi qo‘mitasi xabariga ko‘ra, hodisa oqibatida 4 kishi jarohatlanib shifoxonaga yotqizilgan. Qurbonlar qayd etilmagan.

Bashnya padeniya" nomli 16 o‘rindiqli attraksion 2019 yilda ishlab chiqarilgan bo‘lib, oxirgi marta 2025 yil 5 noyabrda texnik ko‘rikdan o‘tkazilgan. Hodisa yuzasidan tergovga qadar dastlabki o‘rganish ishlari olib borilmoqda.
Kiritildi: 17:28 11.06.2026. O'qildi: 641 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!