Bugun 5 may, 2024 yil, yakshanba

КИР

Jizzaxda 2 nafar homilador ayol shifokor hamda hamshira mas’uliyacizligi sabab vafot etdi

Jizzaxda 2 nafar homilador ayol shifokor hamda hamshira mas’uliyacizligi sabab vafot etdi

Baxmal tumanida yashovchi homilador E.Z. hamda Z.I  2020 yilda dispanser nazoratiga olib, hududga mas’ul patronaj hamshirasi va umumiy amaliyot shifokori tomonidan to‘liq tibbiy ko‘rikdan o‘tkazilmagan.

Qayd etilishicha, ularda aniqlangan kasalliklarni o‘z vaqtida davolash choralari ko‘rilmaganligi oqibatida ular 2021 yil aprel oyida Jizzax viloyat perinatal markazida vafot etgan.

Viloyat prokuraturasi tomonidan mutaxassislarni jalb qilgan holda Baxmal tumanida homilador ayollarga ko‘rsatilayotgan tibbiy xizmat ahvoli o‘rganilganda, tumanda 2020 yilda 725 nafar homilador ayol kech hisobga olinganligi, 85 nafari umuman skrining tekshiruvlaridan o‘tkazilmaganligi aniqlandi.

Shuningdek, birlamchi skrining tekshiruvidan o‘tib xavf guruhi aniqlangan homiladorlardan irsiy kasalliklarni aniqlash (PAPP) uchun 2020 yil 6 oyi davomida qon namunalari umuman olinmagan.

Tekshirish yakuni bilan viloyat Sog‘liqni saqlash boshqarmasiga taqdimnoma kiritildi.

Yuqorida qayd qilingan 2 nafar ona o‘limi holati yuzasidan Jizzax shahar prokuraturasi tomonidan tergovga qadar tekshirish harakatlari olib borilmoqda.

Kiritildi: 17:04 06.05.2021. O'qildi: 2744 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!