Bugun 2 may, 2024 yil, payshanba

КИР

Jizzaxda "100 ming dollar operasiyasi" fosh etildi

Jizzaxda "100 ming dollar operasiyasi" fosh etildi

Tojikiston bilan bo‘lgan chegarada 100 ming AQSh dollarini noqonuniy ravishda olib chiqib ketmoqchi bo‘lgan erkak qo‘lga olindi.

Jizzax viloyati bojxona boshqarmasi xodimlari boshqa huquqni muhofaza qiluvchi idora vakillari bilan hamkorlikda o‘tkazilgan tezkor tadbir davomida yirik miqdordagi naqd xorijiy valyutalarni mamlakatdan noqonuniy olib chiqishga bo‘lgan urinishni fosh etishdi, deb xabar bermoqda DBQning matbuot xizmati.

“Qo‘shkent” chegara bojxona postiga qo‘shni mamlakatga o‘tish uchun kirib kelgan  xorijiy fuqaro I.E. boshqaruvidagi Opel Astra avtomobili belgilangan tartibda bojxona ko‘rigidan o‘tkazilgan.

Tekshiruv davomida I.E. deklarasiyada ko‘rsatmasdan va bojxonachilarning og‘zaki so‘rovida ma’lum qilmasdan, avtomashinasida 100 500 AQSh dollarini yashirgan holda qo‘shni mamlakatga olib chiqib ketayotganligi aniqlangan.

Hozirda mazkur holat yuzasidan bojxona organlari tomonidan surishtiruv harakatlari davom ettirilmoqda.

Kiritildi: 11:45 19.11.2019. O'qildi: 2348 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!